Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONADA OILALAR YARASHTIRILDI.
2024-08-05 23:53:54 3013
Oila inson uchun mukaddas va ulug’ dargoxdir. Inson anashu dargoxda tug’iladi, o’sadi, unadi, voyaga yetadi.
Xozirgi kundagi dolzarblik xam aynan oila mustaxkamligi va farzand kelajagi xisoblanadi.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining 29.01.2024 yildagi qaroriga asosan qarzdor A.D.dan unduruvchi M.X.foydasiga 2 nafar farzandi uchun qarzdorning oylik daromadidan 1/3 qism miqdorda aliment undirish xaqidagi 29.04.2024 yildagi javobgar R. N dan U. A foydasiga 3 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun 1/2 kism mikdorda aliment undirish xaqidagi ijro xujjatlari bo’yicha byuroning Farg’ona shahar bo’limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan.
Byuro tomonidan suhbatlar chog’ida undiruvchi va qarzdor tomonlar o’rtasida ushbu oiladagi farzandini voyaga yetkazish va kelajagi haqida birgalikda qayg’urishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish berilganligi o’z samarasini berdi.
Ya'ni 05.08.2024 yil kuni tomonlar o’zaro kelishgan holda oilani qayta tiklashganligini aytib, ariza bilan murojaat qilishdi va ijro hujjati tamomlandi.
Byuroning Farg’ona shahar bo’limi
davlat ijrochisi Sarvarbek Gofurov.