Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’Z MAJBURIYATLARINI UNUTGAN OTA 15 KUN ICHIDA XATOLARINI TUSHUNIB YETSA NE AJAB....
2024-07-29 08:17:47 3481
Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining 2024 yil 3 may kungi ijro varaqasiga ko’ra, qarzdor A.A dan undiruvchi Z.A foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment to’lashi belgilangan.
Mukaddam kidiruvda bulgan, qarzdor A.A shu vaqtga qadar jami 3 million 645 ming so’m aliment pulini to’lamasdan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta'minlashdan qasddan bo’yin tovlagan.
Shu sababli, Byuroning Farg’ona shaxar bo’limi xodimlari tomonidan qarzdor A.A ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudiga yuborilgan.
Sudning qarori bilan qarzdorga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.