Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA 79.495.111 SO’M ISH HAQLARI UNDIRILIB, FUQAROLARNING BUZILGAN HUQUQLARI TIKLANDI

×

 2024-07-29 08:12:38    3046

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlangan. 


Mehnat kodeksiga ko’ra ish beruvchi o’zining moliyaviy holatidan qat'i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksda ko’rsatilgan muddatlarda to’lashi shartligi, mehnatga haq to’lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo’lishi mumkin emasligi ko’rsatilgan.


Biroq, ayrim ish beruvchilar ishchi-xodimlarning ish haqlarini o’z vaqtida bermasligi oqibatida ishchi-xodimlarning huquqlari buziladi. 


Bunday hollarda sudlar tomonidan ishchi-xodimlarning ish haqlarini undirish to’g’risida qonuniy qarorlar qabul qilinib, ijrosini ta'minlash Byuro organlari zimmasiga yuklatiladi.


Byuro organlari ish yurituvidagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni undirish haqidagi sud qarorlari ijrosini ta'minlash doimiy nazorat olingan.


Jumladan, FIB Farg’ona tumanlararo sudining 22.01.2024 yildagi qaroriga asosan qarzdor “"R. N."” UK dan da'vogarlar Sh.I., O.N. va M.D.lar foydasiga jami 79.495.111 so’m ish xaqqi undirish xaqidagi ijro hujjati Byuroning Farg’ona shahar bo’limi tomonidan ijroga qaratilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.


Qarzdor sud qarorini ijrosini ta'minlash chorasini ko’rmagach, Byuro tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 2024 yilning 24 iyul kuni qarzdordan 79.495.111 so’m ishchilarning oylik ish haqlari undirilib, ishchilarning bank plastik kartalariga o’tkazib berilishi ta'minlandi va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanib, ijro ishi amalda tamomlandi.


































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































Farg’ona tumanlararo iqtisodiy sudining va DSIning ijro hujjatlariga asosan qarzdor "Farg’onamaxsussuvpudrat" MChJdan undiruvchi davlat va boshka bir necha yuridik shaxslar foydasiga jami 2,5 mlrd so’m qarzdorligi yuzasidan qarzdorga tegishli 3 turdagi avtotransport vositasi va 1 dona kuchmas mulki xatlangan. 


Karzdor bir necha marta ogoxlantirilishiga qaramay qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli xatlangan mulklar “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotilib, sotishdan tushgan 94. 000.000 sum pul mablag’lari undiruvchining tegishli hisob raqamlariga o’tkazib berildi.


 Shuningdek, qarzdorning qolgan mulklari ham “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdolariga chikarish choralari kurilmokda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram