Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

SHAHRIMIZDAGI MEHMONXONALAR SONI YANA BITTAGA OSHDI

×

 2024-07-15 11:24:04    1988

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda har bir hududning sayyohlik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha islohotlar olib borildi.


Xususan, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta'minlash, ko’rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirishga harakat qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 11-12 iyul kunlari Farg’onaga tashrifi chog’ida ayni masalaga ham e'tibor qaratildi.

Hududga sayyohlar oqimi ortishiga erishish katta natija. Bu kelgusida sohada xizmat ko’rsatishni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud mehmonxonalarda barcha sharoitlar bo’lishini ta'minlash, yangilarini bunyod etishga ahamiyat qaratish lozimligini talab etadi.  

Muhimi bu borada shahrimizda barcha imkoniyatlar mavjud. So’zimizning isboti sifatida Farg’ona shahrida «Club 777» nomli yangi mehmonxonaning tashkil etilishi sayyohlar oqimi ortayotgani, ularga xizmat ko’rsatishni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan biri desak adashmagan bo’lamiz. 

Kuni kecha bo’lib o’tgan ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, viloyat hokimining turizm masalalari bo’yicha o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov va turizm sohasining boshqa vakillari ishtirok etdi.

Yangi mehmonxona barcha qulayliklarga ega. Yashil maysazor, chiroyli gullar bilan bezatilgan katta ichki hovli, keng va yorug’ xonalar, konferentsiya zallari zamonaviy qiyofada. 

Bir ozdan so’ng mehmonxona faoliyatini o’zida aks ettirgan video lavhani e'tiboringizga havola etamiz

 

 










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram