Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Rasmiy munosabat
2024-01-16 10:20:48 4896
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi "Beglar" mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sust bajarilayotgani, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Farg‘ona shahar hokimligi mas’ullari hamda masalaga dahldor tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida o‘rganilgan.
Farg‘ona shahridagi 61 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Xususan, "Beglar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham keng ko‘lamli ishlar bajariladi. Hududga 5 kilometr oqova va 600 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortish rejalashtirilgan.
Qurilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va aholi vakillarining e’tirozlari hamda murojaatlari bo‘yicha buyurtmachi "Suv ta’minoti va oqova suv ob’yektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi" UK Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga bildirgi yuborilgan.
Hozirda qurilish-montaj ishlari yakuniy bosqichi bajarilmoqda. Mazkur ishlar bajarilishi natijasida hududdagi xonadonlar toza ichimlik suvi ta’minlanadi. Ushbu mahallaning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qarorga asosan respublika byudjetidan 4 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.