Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qirguli mavzeida yana bir maskan obod etildi
2024-01-11 10:51:41 2958
Qirguli mavzeidagi Kimyogarlar ko‘chasidagi madaniy hordiq olish maskani bir necha yillar davomida qarovsiz qoldi. Albatta, holat yuzasidan ijtimoiy tarmoq faollari hamda hududda yashovchi fuqarolar tomonidan bir necha bor murojaatlar kelib tushdi.
Hududni zamonaviy maskanga aylantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Qudratjon Gʻofurov rahbarligidagi "Farg‘ona city-stroy" MCHJ tomonidan Kimyogarlar ko‘chasi("Madaniyat uyi" ro‘parasi)da madaniy hordiq olish maskanini o‘z ichiga olgan "Yoshlar mehnat guzari" kompleksini qurish, shuningdek tutash hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun yer maydoni ajratildi.
Hozirda tadbirkor tomonidan bosqichma-bosqich qurilish ishlari olib borilib, yakuniy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Hududdagi manzarali daraxtlarni saqlab qolish, parvarish qilish, maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish choralari ko‘rilgan.
Kompleksda oshxona, sartaroshxona, savdo, gul va musiqa asboblari do‘konlari va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. "Yoshlar mehnat guzari"da jami o‘ttizga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi. Tez orada kompleksni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.