Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qirguli mavzeida ham "Mahallada duv-duv gap" tadbirlari o‘tkazildi
2024-01-08 09:22:23 1190
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fuqarolarning xabardorligini oshirish va aholini ruhiyatini yanada ko‘tarish maqsadida Farg‘ona shahrida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbir Qirguli mavzeidagi "Do‘stlik uyi"da tashkil etildi.
Tadbir avvalida aholi vakillari, ayniqsa ayni kunlarda ta’til davrida bo‘lgan o‘quvchi yoshlar uchun polvonlarning chiqishlari va dor uyinlari namoyish etildi. Yoshlar uchun qiziqarli shoular ham o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, faollar zalidagi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirda "Ma’naviyat targ‘ibotchilari" guruhi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, san’atkorlar, O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakillari, hududdagi Barkamol, Yulduz, Mehribonlik, Huvaydo, Istiqbol mahallalari aholisi ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Qahramoni Botirjon Temirov, "Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Akramjon Yulbarsov, shahar hokimi o‘rinbosari Yusufjon Yusupov, "Ma’naviyat targ‘ibotchilari" guruhi a’zosi Ziyodulla Kamolovlar Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdilar. Vatan, yurt taqdirida, taraqqiyotida har bir yurtdoshimizning o‘rni muhim ekanligi qayd etildi.
Farg‘ona shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga yanada bayramona kayfiyat baxsh etdi.