Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Qirguli mavzeidagi "Do‘stlik uyi"da navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2023-12-27 14:37:12    2462

PDF yuklash
Chop etish


Shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektorlar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining shahar bo‘limi mudiri Tavakkaljon Rahimov, hokim o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.


Bugungi sayyor qabulda viloyat hokimi o‘rinbosari Xojiqo‘zijon Isaqov hamda viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdilar. Qirguli mavzeidagi "Do‘stlik uyi"ning faollar zalida oltmish nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganildi. Yigirma nafarga yaqin  fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi.


Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul so‘ngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning o‘rganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi bo‘yicha tanqidiy tahlil qilindi.