Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahridagi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga bayram sovg‘alari topshirildi

×

 2023-12-27 14:35:52    2449

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahrida 4 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari istiqomat qilishadi. Avvalroq, viloyat hokimi va keng jamoatchilik vakillari Farg‘ona shahrida yashovchi Fatina aya Sharipova  xonadoniga tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun shahar sektorlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ham yana uch nafar faxrli insonlarning xonadonlariga tashrif buyurishdi.  Jumladan, "Mash’al" MFY Al-Farg‘oniy ko‘chasi 3-uyda yashovchi Vyalseva Vera Grigoryevna, "Ma’rifat" mahallasilik Tatyana Usmanova  hamda "Oybek" mahalla fuqarolar yig‘ini Pahlavon Mahmud ko‘chasi 46-uyda yashovchi Sharova Larisa Zufarovnalar holidan xabar olindi.

Sektor rahbarlari Yangi yil bayrami munosabati bilan Davlatimiz rahbarining tabrigini o‘qib eshittirdilar. Mukofotlar, bayram sovg‘alari hamda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Keksa-nuroniylar ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lishib, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lishini tilab duo qildilar.