Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi
2023-12-25 10:05:18 2782
Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetining faollar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektorlar rahbarlari, turli tanlov va musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlar, mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirga korxona va tashkilotlar hamda ta’lim muassasalarida yoshlar siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutayotgan yosh xodimlar ham taklif qilindi.
Muloqotda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida Farg‘ona shahrida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Joriy yilda yoshlar sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Sektor rahbarlari tomonidan shahrimiz yoshlari tashabbuslari bilan joriy yilda qilingan ishlar alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligining Farg‘ona shahar bo‘limi rahbari Ahadjon Akramov kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, rejalar haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul rahbarlardan javoblar olishdi.