Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq 100-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2023-12-19 08:11:09    2474

PDF yuklash
Chop etish


Unda kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiya ishini Farg‘ona shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi. 

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

????Joriy yilda shakllantirilgan «Ayollar daftari»ning 4-bosqichi bo‘yicha shaharda amalga oshirilgan ishlar haqida  (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilshodaxon Xolmatova) 

????Shaharning 2023 yil mahalliy byudjeti ijrosini samarali yakunlash yuzasidan (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Nodirjon Umarov)

????«Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Farg‘ona shahridagi geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi Farhodjon Mamajonov) 
Shuningdek, kun tartibida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Farg‘ona shaharda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari tomonidan sektor rahbarlari nomiga hamda sayyor qabullarda moddiy yordam so‘rab murojaatlar qilingan.
Murojaatlardan kelib chiqib, sektor kotiblari tomonidan taqdim qilingan ro‘yxat asosida jami 168 nafar fuqarolarga daslabki xisob-kitoblarga ko‘ra, jami 240 mln. so‘m, shundan Yangi yil bayrami munosabati bilan shahardagi 50 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 mln. va shahardagi yakka-yolg‘iz, boquvchisi bo‘lmagan qariyalarni havfsiz isitish pechi bilan ta’minlash uchun 34,5 mln. so‘m moddiy yordam ajratish rejalashtirilgan.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.