Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

1-sektor hududidagi "Abdulla Qodiriy" va "Istiqlol" mahallalaridagi 42 ta ko‘p kvartirali uylar markazlashgan issiqlik tarmog‘iga ulanmoqda

×

 2023-12-13 14:14:49    1727

PDF yuklash
Chop etish


Abdulla Qodiriy mavzeining markazlashgan issiqlik ta’minotini tubdan yaxshilash maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining PQ-465-sonli qaroriga asosan 2023-2024 yillarda hududda joylashgan 203 ta ko‘p qavatli uylar hamda 29 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini RK-3 markaziy qozonxonasi orqali markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bugungi kunda deyarli yaroqsiz holatga kelib qolgan 73,4 km magistral issiqlik tarmoqlarini yangilash, zamonaviy ITP o‘rnatish ishlarining yakuniy bosqichlari bajarilmoqda.


Eng asosiysi ishlar to‘liq yakunlanganishi natijasida Abdulla Qodiriy mavzesidagi 203 ta ko‘p qavatli uylarning bir issiqlik davrida 21 mln.m3 tabiiy gaz, 9,5 mln.kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga hamda qariyb 10,8 mlrd.so‘m mablag‘lar tejab qolinishiga erishiladi. 


An’anaviy loyihalardan asosiy farqi – bu yerda Jahon tajribasi asosida innovasion texnologiyalardan keng foydalanilayotganligidir. Ushbu texnologiyaning afzalligi har qanday o‘ta sovuq ob-havo ta’sirida ham energo yo‘qotishlarsiz, ko‘p kvartirali uylarga va ijtimoiy soha ob’yektlariga yetarli bosim va haroratda issiqlik uzatiladi.


Ayni kunlarda mazkur yo‘nalish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uylar, ijtimoiy soha ob’yektlari bosqichma-bosqich yangi tarmoqqa ulash ishlari boshlandi. Olib borilayotgan ishlar shahar hokimi Vosiljon Nazarov va mas’ullar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, birinchi bosqichda "Istiqlol" mahallasidagi 25, "Abdulla Qodiriy" mahallasidagi 17 ta ko‘p kvartirali uylar hamda 28-maktab va 27-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tarmoqqa ulash choralari ko‘rilmoqda.


Shuningdek, har bir ko‘p qavat uylar hamda ta’lim muassasalariga Ishchi guruhi a’zolari biriktirilib, hududlarda obodonlashtirish ishlari ham olib borilmoqda.