Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida futbol festivali o‘tkazildi

×

 2023-11-27 14:00:21    1892

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg‘ona shahridagi 38-umumta’lim maktabida 2010-2011 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida sportning mini-futbol turidan musobaqa o‘tkazildi. Tadbirni maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Nargizaxon Irgasheva ochib, mamlakatimizda, xususan Farg‘ona shahrida sportga qizlarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, musobaqada ishtirok etayotgan jamoalarga omad tiladi. 


Mazkur musobaqadaAndijon viloyatining "Xo‘jaobod 1" va "Xo‘jaobod 2" hamda "Ulug‘nor" qizlar jamoalari kelgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatidan Farg‘ona shahar, Yozvovon, Toshloq tumanidan kelgan futbolchi qizlar jamoalari ishtirok etishdi.


Festival qatnashchilariga musobaqa avvalida 38-maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qo‘shiq va raqslar taqdim etildi.
So‘nggi natijalariga ko‘ra Andijon viloyatining "Ulug‘nor" tumani jamoasi 1-, Yozyovon tumani jamoasi 2-, Farg‘ona shahar 38-maktabda yangi tashkil etilgan qizlar jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 


Tadbir so‘ngida viloyatimizda qizlar futbolini rivojlantirish maqsadida tizimli ravishda musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirildi.