Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi sayyor qabul 4-sektor hududida o‘tkazildi
2023-11-23 19:57:03 1601
Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosari Dilshodaxon Xolmatova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining shahar bo‘limi mudiri Tavakkaljon Rahimov hamda sektor kotiblari ishtirok etishdi.
Farg‘ona shahridagi 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining faollar zalida o‘ttiz nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganildi. O‘n nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul so‘ngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning o‘rganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi bo‘yicha tanqidiy tahlil qilindi.