Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotini tubdan yaxshilash maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda
2023-11-02 22:04:13 2323
Farg‘ona viloyatida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-465-sonli qaroriga asosan 2023-2024 yillarda Farg‘ona shahar Abdulla Qodiriy mavzesida joylashgan 203 ta ko‘p qavatli uylar hamda 29 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini RK-3 markaziy qozonxonasi orqali markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bugungi kunda deyarli yaroqsiz holatga kelib qolgan 73,4 km magistral issiqlik tarmoqlarini yangilash, zamonaviy ITP o‘rnatish ishlarining yakuniy bosqichlari bajarilmoqda.
Eng asosiysi ishlar to‘liq yakunlanganishi natijasida Abdulla Qodiriy mavzesidagi 203 ta ko‘p qavatli uylarning bir issiqlik davrida 21 mln.m3 tabiiy gaz, 9,5 mln.kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga hamda qariyb 10,8 mlrd.so‘m mablag‘lar tejab qolinishiga erishiladi.
An’anaviy loyihalardan asosiy farqi – bu yerda Jahon tajribasi asosida innovasion texnologiyalardan keng foydalanilayotganligidir. Ushbu texnologiyaning afzalligi har qanday o‘ta sovuq ob-havo ta’sirida ham energo yo‘qotishlarsiz, ko‘p kvartirali uylarga va ijtimoiy soha ob’yektlariga yetarli bosim va haroratda issiqlik uzatiladi.
Ayni kunlarda hududdagi ko‘p qavatli uylar ham ijtimoiy soha ob’yektlari bosqichma-bosqich yangi tarmoqqa ulanmoqda. Olib borilayotgan ishlar Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va mas’ullar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha ob’yektlarining barchasini tarmoqqa ulash choralari ko‘rilmoqda.