Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”bayrami munosabati bilan Farg‘ona shahrida tadbir bo‘lib o‘tdi

×

 2023-10-31 10:17:24    2092

PDF yuklash
Chop etish


25 oktyabr - “Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni” munosabati bilan "WINE GARDEN" tantanalar saroyida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda soha vakillari ishtirok etishdi.


Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Yusufjon Yusupov so‘zga chiqib shahrimiz hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani, bunda har bir xodimning alohida o‘rni borligini e’tirof etdi.

 
Shuningdek tadbirda so‘z olgan shahar IIO FMB boshlig‘i Anvarjon Mirzayev so‘nggi yillarda ichki ishlar organlarida olib borilayotgan tub islohotlarning samarasiga to‘xtalar ekan, bu borada ayniqsa xodimlar va faxriylarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar bugun alohida e’tiborda ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. 


Shundan so‘ng o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bilan bir qatorda shahrimiz hududida olib borilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan fidoyi xodimlarning bir guruhiga 25 oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan shahar hokimligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.