Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Zamonaviy maktabda tinglovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan

×

 2023-10-26 19:32:12    2385

PDF yuklash
Chop etish


"Tabassum" mahalla fuqarolar yigʻinida Maʼmurjon Gʻofurov rahbarligidagi avtomaktab oʻz faoliyatini olib bormoqda. Yangi, zamonaviy jihozlangan, barcha sharoitlarga ega maktabda bir paytning oʻzida 100 oʻquvchining oʻqitishga moʻljallangan. Har bir oʻquvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun  4.5 oy mobaynida oʻqitiladi. Oʻquvchilarda yaxshi koʻnikma hosil qilish uchun amaliyot jarayonlari ham tashkil etiladi. 


Bugungi kunda avtomaktabda 10 nafar ishchilar faoliyat olib borishmoqda. Barcha ustozlar malakali kadrlar xisoblanib, Ichki Ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olishib, malaka oshirib kelishgan.  Kadrlar salohiyati yuqori boʻlgan joyda ish sifati ham oʻsib boradi.

Zamonaviy oʻquv-qurollari, elektron oʻquv darsliklardan foydalaniladi. Avtomaktab tomonidan oʻquvchilarni "B" toifasiga oʻqitish uchun 5 ta yengil avtomashinalar ham mvjud.  Amaliy mashgʻulotlar avtodromda, keyinchalik kam qatnovli yoʻllarda olib boriladi. Yakuniy test jarayonlarini muvaffaqqiyatli yakunlagan  oʻquvchilarga haydovchilik guvohnomasi topshiriladi.