Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qirq nafarga yaqin ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi
2023-10-19 08:40:51 2917
Farg‘ona shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hokim yordamchilarining o‘rganishlari davomida joriy yil boshidan o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun ishsiz, ehtiyojmand oilalarning 358 nafariga asbob-uskuna olishlari uchun tavsiyalar berilgan.
Ayni kunlarda tavsiya berilgan dastlabki 38 nafar fuqarolarga belgilangan tartibda amaliy yordamlar ko‘rsatilib, jihozlarni yetkazib berish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Fuqarolar yurtimizda doimiy ish bilan band bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga berilayotgan e’tibor va yordam uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Ajratilgan mehnat qurollari va zamonaviy uskunalar doimiy daromadga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.