Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Tohirjon tadbirkorlik faoliyatini turli yo‘nalishlarda olib bormoqda

×

 2023-10-16 09:42:24    2417

PDF yuklash
Chop etish


"Zarbdor" mahallasilik Tohirbek Jumaboyev ham yosh tadbirkorlardan. Unga hokim yordamchisi Behzodjon Ibragimov tavsiyasiga ko‘ra 66 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. 


Mablag‘ evaziga zaruriy mehnat qurollari olinib, ularni ijaraga berish shoxobchasi ochilgan. Endilikda shu hududda yashovchi fuqarolar uy yumushlarida zarur bo‘ladigan barcha turdagi mehnat qurollarini Tohirjondan kelishilgan muddatga olishib foydalanib kelishmoqda. 
Tohirjonning ta’kidlashicha, bu loyihani yanada kengaytirib, kelajakda uy va qurilish ishlarini bajarib berish xizmatlarini ham yo‘lga qo‘ymoqchi. 


Yosh tadbirkorning shoxobchasi ko‘p qavatli uyning yer to‘lasida joylashgan. Ajratilgan yerto‘la qismi ta’mirlanib, foydalanib kelinmoqda. Shoxobcha yonidagi bo‘sh yer maydoniga savdo do‘koni, to‘y va marosimlar uchun shirinliklar hamda ovqatlar tayyorlash, shuningdek ovqatlanish maskanlari, kiyim-kechaklar sotish rastalari ham tashkillanib, aholiga keng ko‘lamli xizmat ko‘rsatilmoqda.

 
Tadbirkor o‘z loyihalarini amalga oshirishi hisobiga 4 ta ish o‘rin yaratilgan. Xodimlarning kunduzgi va kechki tartibda ishlashlari yo‘lga qo‘yilgan.