Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan Qirguli mavzeida Yoshlar markazi ochildi

×

 2023-10-03 09:06:20    1813

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar markazining ochilish marosimida mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Uch do‘stning sa’y-harakatlari bilan ochilgan markazda kiber va fitnes klublari hamda pissa tayyorlash hamda ovqatlanish maskanlari faoliyat olib bormoqda.


Nurillo Qodirov 8 yil davomida Rossiya Federatsiyasida ishlab, shu yili keldi. Do‘stlari Shohjahon Mironov va Kozimjon Najmiddinova bilan Yoshlar markazi loyihasini ishlab chiqishdi. "Yulduz" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Sherzodjon Shokirov mazkur loyiha bilan tanishdi. Uning tavsiyasiga ko‘ra, 250 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.


Kiber klubga 10 ta kompyuter, 4 ta zamonaviy o‘yin uskunalari va fitnes klubga bir vaqtning o‘zida 25 nafar sportchilarning shug‘ullanishlari uchun zaruriy trenajyor jihozlari sotib olindi.


Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashni maqsad qilingan loyihaning amalga oshirilishi hisobiga 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin.