Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-10-03 09:00:06    1565

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar "Besh bola" mahalla fuqarolar yig‘ini Quva ko‘chasi 224-uyda yashovchi fuqaro A.Alijonovning imtiyozli kredit olishida muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat shahar hokimligi hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi. 


Shu yilning 7 iyul kuni fuqaro A.Alijonov imtiyozli kredit olish bo‘yicha ariza bergan hamda 11 iyul kuni hokim yordamchisi H.Erkaboyev tomonidan tavsiya berilgan. Mahsulot(xizmat) yetkazib berish bo‘yicha Yagona elektron platformada yaratilgan "marketpleys" tizimida "TECHNO CITY" MCHJ bilan 25 iyulda 28 mln. so‘mlik ko‘chma do‘kon uchun shartnoma tuzilgan.


Ta’minotchi tomonidan savdo do‘koni tayyorlangandan so‘ng, fuqaro hokim yordamchisiga savdo do‘koni qimmat bo‘lganligi, shuningdek arizada ko‘rsatilganidan keskin farq qilganligi sababli rad etilishini so‘rab murojaat qilgan. Murojaatga asosan imtiyozli kredit olish bo‘yicha qilingan ariza rad etilgan. 


Keyinchalik A.Alijonov va ta’minotchi o‘zaro kelishgan holda yana do‘kon fuqaroga olib kelingan. Amalda qonunchilikda belgilangan tartiblarga ko‘ra, fuqaro bunday holatda qayta ariza topshirishi hamda hokim yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra, imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan.


Shuningdek, murojaatda ta’minotchi tomonidan yana bir savdo do‘konining pulini undirilishi yuzasidan ham amaliy yordam so‘ralgan. Bu savdo do‘koni tadbirkorning hoxish va istagiga ko‘ra "Ayollar daftari"da turgan fuqaro Yo.Yigitaliyevaga hadya tariqasida taqdim etilganligi aniqlandi.  Mazkur masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot beriladi.