Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Ayollar daftari"da turgan Manzuraxon Majidovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgach, uning tadbirkorlik faoliyati yanada kengaydi
2023-09-29 10:17:06 1536
"Nafosat" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Manzuraxon Majidovaga ham hokim yordamchisi va xotin-qizlar faolining yordami bilan subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgan. Yillar davomida chevarchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan, ammo eski tikuv mashinasi bilan ish unumdorligini oshira olmagan mohir chevarga yangi uskuna faoliyatini rivojlantirishga yordam berdi.
Bo‘sh turgan bino ijara asosida olindi. Yangi oilaviy korxona ochilib, 3 nafar ishchilar qabul qilindi. Yangi tadbirkor topgan daromadlari hisobiga yana 3 ta tikuv mashinasi sotib oldi. Hozirda kichik korxonada liboslar, ish kiyimlar, maktab formalari tayyorlanmoqda.
Hududdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchi qizlari Manzuraxon Majidovadan chevarchilikning sir-asrorlarini "Ustoz-shogird" an’anasi asosida o‘rganib kelishmoqda. Tadbirkor har oyda o‘rtacha 3 mln. so‘m atrofida daromad topmoqda.