Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Korxonaning tajribali ishchilari har oyda 7 million so‘mgacha maosh olishmoqda
2023-09-20 12:32:54 1406
"Tabassum" mahallasida tadbirkor Abdug‘affar Qodirov tomonidan "Kiyik shoes" MCHJga asos solinib, xotin-qizlar uchun oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda. U yerda 40 nafardan ortiq ishchilar faoliyat olib borishmoqda. Ishchilarga kunlik ish haqqini to‘lash tartibi joriy qilingan. O‘rtacha kunlik 120 ming so‘mdan maosh to‘lanmoqda.
Eng tajribali ustalarning maoshi oylik 6-7 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Korxona tomonidan 10 turga yaqin ayollar poyabzallari asosan ichki bozorga, shuningdek, Tojikiston Respublikasiga hamda Toshkent, Samarqand, Qo‘qon shaharlarining bozorlariga ham yetkazib beriladi.
Korxonada ishchilar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Ikki mahal issiq ovqat beriladi. Ayni kunlarda qo‘shimcha bino qurilishi olib borilmoqda. Bu bilan ish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish reja qilingan.