Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2023-09-18 11:26:42 1406
Ijtimoiy tarmoqlarda Ahmad Fag‘oniy ko‘chasidan Yoshlar saylgohi ko‘chasiga o‘tish uchun mo‘ljallangan yerosti yo‘liga suv toshayotganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat shahar hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi. Ayni daqiqalarda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Ishchilar tomonidan yerosti yo‘lidagi to‘plangan suvlar nasos yordamida tortib olinib, suv yo‘liga qo‘yilgan trubaning nosoz qismi yangisiga almashtirilmoqda.
Tez orada muammo to‘liq bartaraf etilib, piyodalarning yerosti yo‘lidan foydalanishlari uchun sharoit yaratiladi.