Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida 2 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar o‘z uylariga ega bo‘ldilar

×

 2023-09-07 09:02:43    1230

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 2 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ajratilgan xonadonlarning kalitlari keng jamoatchilik ishtirokida topshirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili shahrimizda 18 yoshga to‘lgan 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga uy-joy ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning shu kuniga qadar esa 9 nafar yigit-qiz ta’mirlangan va to‘la jihozlangan uy-joy egasiga aylanishdi. 
Amalga oshirilgan ishlar uchun Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasi bilan uy-joy sotib olishga respublika byudjeti mablag‘laridan ajratilgan bo‘lsa, ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan sarflandi.
Farg‘ona shahrilik Alisher Sobirov va Komilaxon Yusupovalar nomlariga rasmiylashtirilgan kvartiralar kalitlarini qabul qilib oldilar. Shuningdek, ular doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘ldilar.
Joriy yil yakuniga qadar shahrimizda yana 17 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uy-joy bilan ta’minlanadi. 
O‘z uyiga ega bo‘lishdek baxtga erishgan yoshlar, Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor etib, kelajakda el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar bo‘lishga va’da berdilar.