Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shahar hokimi o‘quv yili oldidan ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi
2023-09-07 08:51:52 1491
Farg‘ona shahar hokimligi tashabbusi bilan 2-maktabda ta’lim tizimi xodimlari uchun seminar tashkillandi. Unda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, hokim o‘rinbosari Yusufjon Yusupov, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, maktab direktorlari hamda o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida Malaka oshirish instituti rahbar va o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari, shuningdek malakali direktor va o‘rinbosarlar tomonidan treninglar o‘tkazildi. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan ta’lim muassasalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar hamda tavsiyalar berildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan shahar hokimi joriy o‘quv yilida o‘qituvchi va o‘quvchilarga keng shart-sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganiga alohida e’tibor qaratdi. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda mahalla va oila bilan hamkorlikda olib borilishi zarur bo‘lgan vazifalar tushuntirib o‘tildi.
Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini qanday oshirish kerakligi bo‘yicha turli mashg‘ulotlar orqali rahbarlarning fikr -mulohazalari olindi. O‘zaro tajriba almashilindi. Ustozlarning ko‘p yillik mehnatlari e’tirof etildi. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Seminar so‘nggida faxriy ustozlarga shahar hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.Tadbir so‘ngida yangi o‘quv yilida o‘qituvchi va o‘quvchilarning yuksak marralarni egallashlari, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha barcha birdek harakat qilishi kerakligi ta’kidlandi.