Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq 94-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2023-09-07 08:41:23    1188

PDF yuklash
Chop etish


Unda kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. 
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
????Shahar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar Xalq qabulxonasi mudiri Tavakkaljon Rahimov) 
????2023 yil 2-chorakda Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni «Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi»dan moliyalashtirish yuzasidan (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Nodirjon Umarov)
????Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan 2023 yil olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Hamidullo Turdiyev) 
????Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Ravshanbek To‘raqulov) 
Shuningdek,  sessiya ishida Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan 2023 yil 1-yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosi yuzasidan qabul qilingan hujjatlari to‘g‘risidagi hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan ehtiyojmand oilalar vakillari va bemorlarga bir martalik moddiy yordam  hamda sog‘lig‘ini tiklash, operatsiya va dori-darmon vositalari uchun mablag‘lar ajratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.