Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahridagi o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 450 nafarga yaqin o‘quvchilarga maktab formalari va o‘quv qurollari tarqatildi

×

 2023-09-07 08:39:52    1184

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilda ham yoshlarning kiyinish madaniyati, salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni kamol toptirish hamda ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi. 
Mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda ta’lim muassasalari xodimlari hamkorligida "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"da turgan oilalardagi o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirildi. 
Ular uchun maktab formalari, sumkalar va o‘quv qurollari ajratildi. Tadbirda shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, xotin-qizlar faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 
Tadbirda so‘z olganlar o‘quvchilar va ularning ota-onalarini Davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi ayyomi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etishib, bayram sovg‘alarini topshirishdi. 
O‘quvchilarning hursandchiligi cheksiz bo‘ldi. Ota-onalar esa mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar hamda yosh avlodga berilayotgan e’tibor hamda g‘amxo‘rliklardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Davlatimiz rahbariga va mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.