Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

56 MING NAFARDAN ORTIQ XOTIN-QIZLARGA KASB-HUNAR O‘RGATGAN FARGʻONALIK TADBIRKOR SHAHNOZA GʻANIYЕVA MAHALLA FAOLLARI BILAN UCHRASHDI

×

 2023-08-28 10:50:24    1394

PDF yuklash
Chop etish


Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan faol biznes vakillari ishtirokida viloyatimizning shahar va tumanlarida mahalla faollari bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.
E’tiborli jihati viloyatimizda mehnat qilayotgan va salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritgan faol tadbirkorlar o‘z tajribalarini tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan yoki endigina sohaga kirib kelayotgan yoshlar va kichik ishbilarmon doiralar vakillari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida o‘tgan muloqotda “Ibratli bekam” o‘quv markazi rahbari, “Shuhrat” medali sohibi Shahnoza Gʻaniyevaning muvaffaqiyatli tadbirkorlik yo‘li bosh mavzu bo‘ldi.
Uchrashuvda Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay muhit va shart-sharoitlar, ilgari surilayotgan yangi tashabbuslar, taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Shahnoza Gʻaniyeva yurtimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, munosib marralarni qo‘lga kiritish zarurligini ta’kidladi. Ishtirokchilar tadbirkorlik yo‘nalishida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Yigirma yillik mehnat faoliyati, o‘quv markazida 20 turdan ziyod kasb-hunarlar mavjudligi, ayni kunga qadar qariyb 56 ming nafardan ortiq xotin-qizlarga kasb-hunar o‘rgatgani, ayniqsa, yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirkor tomonidan “Farg‘ona Roza-al” xususiy korxonasi ham tashkil etilib, qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tikuvchilik, to‘quvchilik va xizmat ko‘rsatish jarayonlari ham yo‘lga qo‘yilgan. 70 nafardan ortiq aholi doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.