Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bugun Farg‘ona shahrida II ustozlar milliy forumi o‘tkazildi
2023-08-25 16:17:03 1483
Tadbirga ta’lim sohasining turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar,faxriy ustozlar,ota-onalar taklif qilindi. Forum davomida Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov so‘zga chiqib, ta’lim sohasini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Yaponiya ta’limi asosida shahardagi 26-maktabda tayanch maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, joriy yil yakuniga qadar Yaponiya davlatidan jalb etilgan xorijiy maslahatchi Goto Mikako xonim tajribasi amaliyotga joriy etiladi. Forum davomida xorijiy maslahatchi Goto Mikako xonim ham so‘zga chiqib o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, tadbir doirasida faol o‘qituvchilarga shahar hokimligining mukofotlarini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston xalq hofizi Ilhomjon Ibrohimov, xushovoz xonandalar Dilafruz Hayitmetova hamda Sharof Muqimovlar tomonidan dilrabo kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.