Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Ayollar daftari"da turgan xotin-qizlarga nogironlik aravachalari tarqatildi
2023-08-24 16:05:41 1310
Shahrimizdagi oilaviy poliklinika shifokorlari va xotin-qizlar faollari ishtirokida xonadonlarda xatlov o‘tkazilib, reabilitatsiya vositalariga zaruriyati bo‘lganlarning manzilli ro‘yxati tuzilgan edi. Ayni kunlarda shahar hokimligi tomonidan zaruriy vositalar ajratilib, fuqarolarga yetkazilmoqda.
Bugun Farg‘ona shahar hokimligida 9 nafar xotin-qizlarga nogironlik aravachalari topshirildi. Shuningdek, reabilitatsiya vositalarini topshirish jarayoniga tashrif buyurgan oila a’zolari hamda hududlardagi xotin-qizlar faollari bilan mazkur oilalardagi mavjud muammo va kamchiliklar ham o‘rganildi. Mas’ullar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlariga kerakli tavsiyalar, topshiriqlar berildi.
Nogironlik aravachalari bilan ta’minlangan fuqarolar inson qadri ulug‘lanayotgan Yurtda yashayotganliklaridan mamnunliklarini ta’kidlashdi. Berilayotgan e’tibor uchun Davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.