Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘onalik tadbirkorlarga "Faol tadbirkor" ko‘krak nishonlari topshirildi
2023-08-19 09:59:07 1340
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan, Milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga innovasion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan amaliy natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mamlakatimiz tadbirkorlarining katta guruhi qatorida 13 nafar viloyatimiz tadbirkorlari ham "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Bugun bo‘lib o‘tgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oldidan Bag‘dod tumanidagi “Ferghana Spinning” korxonasida tashkil etilgan viloyat studiyasida ushbu tadbirkorlarga ko‘krak nishonlari viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan tantanali tarzda topshirildi.
"Faol tadbirkor" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanganlar qatorida Uchko‘prik tumanidagi «MMA Kamtar - Begoyim» MCHJ rahbari Isroil Abdullayev, O‘zbekiston tumanidagi «Sement xomashyo savdosi» MCHJ ta’sischisi Orifxon Maxmudov, Beshariq tumanidagi «Farg'ona yasin qurilish mollari» qo‘shma korxonasi rahbari Erkin Maxmudov, Uchko‘prik tumanidagi «Mollis» MCHJ ta’sischisi Shavkat Radjapov, Marg‘ilon shahridagi «Merfen-Ko» MCHJ rahbari Rustam Sabirov, Uchko‘prik tumanidagi «Xudoyorxon» oilaviy korxonasi rahbari Irodaxon Sodiqova, Toshloq tumanidagi «Ekspo Kollor Prin Teks» MCHJ rahbari Sarvarjon Umirzaqov va Buvayda tumanidagi «Lion Print» xususiy korxonasi rahbari Maqsad Shermatovlar bor.
Farg‘ona shahridagi «Moderna Ceramic Industries Ferghana» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Baxodir Axmedov, O‘zbekiston tumanidagi «Turon Eco Cement Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi Qodirjon Axmedov va Rishton tumanidagi «Chinor plyus» xususiy korxonasi rahbari Islomjon Oripjonovga mukofotlar Toshkentda Davlatimiz rahbari tomonidan topshirildi.
Xorijda xizmat safarida bo‘lgan ikki tadbirkor – Uchko‘prik tumanidagi «Betonplita» MCHJ rahbari Maksudxon Mansurov va Buvayda tumanidagi «Yoshlik nihol invest» MCHJ rahbari Asror Xaydarovga mukofotlar keyinroq topshirilishi ma’lum qilindi.