Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Monomarkaz"da navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2023-08-18 10:59:22 1279
Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosarlari, sektor kotiblari, majburiy ijro byurosi vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi shahar bo‘limi mudiri va xodimlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘rganildi. O‘n nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va bo‘limlarga tegishli topshiriqlar berildi.