Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
2023-08-17 13:31:28 1260
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qaroriga asosan respublika bo‘ylab "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaz"lari tashkil etilib, nikohlanuvchi shaxslarni "Oilaviy huquqiy munosabatlar", “Reproduktiv salomatlik asoslari”, “Oilaviy turmush psixologiyasi”, “Iqtisod va oila byudjeti”, “Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar”, “Ota-onalik ijobiy ko‘nikmalari” mavzularida o‘quv dasturlari tashkillanmoqda.
Hususan, Farg‘ona shahrida ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida nikohlanuvchilar uchun doimiy o‘quvlar tashkil etilib, soha ekspertlari, reproduktiv salomatlik markazlari mutaxassislari, huquqshunos hamda iqtisodchilar tomonidan o‘qitilib, belgilangan dars soatlari yakunida barcha nikohlanuvchilar uchun sertifikatlar topshirilib kelinmoqda.