Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yarim yillik faoliyat yakunlari muhokama qilindi
2023-08-16 10:20:51 1266
Farg‘ona shahar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Farg‘ona viloyat prokurori o‘rinbosari M.Abdurahmonov, shahar huquqni muhofaza qiluvchi idoralari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda shahar hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik, shu jumladan diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida kelgusidagi dolzarb vazifalar hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.