Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni orzu-istaklari ro‘yobga chiqarildi
2023-07-12 11:45:47 1650
Farg‘ona shahrida ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-yanvar kungi 26-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, joriy yil davomida 7 nafar yigit va qizlarga uy-joylar ajratildi.
Bugun ham daftarga kiritilgan 10 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muammo hamda orzu-istaklari ro‘yobga chiqarildi.
Xususan, ikki nafar bolaga velosiped va sakkiz nafarlariga noutbuk hamda kompyuter jamlanmalari ajratildi. Tadbirda Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, shahar prokurori Sherzodjon Mavlonovlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Kelgusida ham shahrimizdagi “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlarning orzu-istaklarini amalga oshirish maqsad qilingan.