Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Xo‘jamag‘iz" mahallasining 14 kilometr ichki yo‘llar asfalt qilindi
2023-07-04 16:23:31 1075
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Farg‘ona shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Xususan, mazkur qaror asosida "Xo‘jamag‘iz" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarning 14 kilometr qismi asfalt qilinishi belgilangan. Ko‘chalarni asfalt qilish uchun qaror asosida 6 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.
Yillar davomida mahalliy aholini qiynab kelgan, qishda loy, yozda chang bo‘lib ko‘plab muammolarga sabab bo‘lgan murojaat ijobiy yechim topdi. Hududda olib borilgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun bo‘lgan fuqarolar Davlatimiz rahbariga mahalla infratuzilmasini yaxshilanishi uchun bergan e’tibori bois o‘z minnatdorchiliklarini bildirdila