Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RАSMIY MUNOSАBАT
2023-05-26 16:01:57 1154
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolar tomonidan muammolarini ijobiy hal etilishida amaliy yordam soʼrab qilingan videomurojaat Fargʼona shahar hokimligi Ishchi guruhi tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish jarayonida sayyor qabullar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat roʼyxatga olinishi hamda shu kunning oʼzidan keyingi haftada oʼtkaziladigan qabulga qadar Ishchi guruhlari tomonidan oʼrganilib, javob xatlari yuborilishi aniqlandi.
Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida shahar hokimligi tomonidan 24 marta sayyor qabul oʼtkazilgan boʼlib, unda 2094 ta murojaat qabul qilingan. Murojaatlarning 1909 tasi ijobiy hal etilgan. Soʼnggi haftalarda oʼtkazilgan qabullarda tushgan 185 ta murojaatlar ham oʼrganilib, ijobiy hal etish choralari koʼrilmoqda.
Fargʼona shahar hokimligida takroriy murojaatlarni oʼrganish boʼyicha ham Ishchi guruhi tuzilgan boʼlib, ularni ham qayta koʼrib chiqish, barcha masalalarga otsdinlik kiritish, ijobiy hal etish yoki huquqiy tushuntirish boʼyicha tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilgan.
Videomurojaatda bildirilgan muammolar Ishchi guruhi tomonidan oʼrganildi. Barcha murojaatlar boʼyicha olib borilgan ishlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Jumladan, "Jomiy" MFY Ozodlik koʼchasi 10/15-uyda yashovchi fuqaro sayyor qabulda Turkiya davlatida vafot etgan nabirasi Barnoxon Mamajonovani yurtimizga olib kelish harajatlari uchun moddiy yordam soʼrab murojaat qilgan. Mazkur murojaat ham ijobiy hal etilib, fuqaroga 7 mln. soʼm mablagʼ berildi.
"Maʼrifat" MFY Nurobod koʼchasi 10/9-uyda yashovchi fuqaro Nadejda Melьnikova sogʼligʼini tiklash masalasida murojaat qilgan. N.Melьnikovaga may oyi davomida "Saxovat va koʼmak" jamgʼarmasidan 600 ming soʼm moddiy yordam ajratilgan. Fuqaroga zaruriy dori-darmon hamda 1 mln. soʼm moddiy yordam berildi. Fuqaro istagi boʼyicha 29 may kunidan Fargʼona shahar tibbiyot birlashmasi terapeya boʼlimida 10 kun davomida muolaja olishi belgilandi.
"Oʼzbekiston" MFY А.Qodiriy koʼchasi 100/62-uyda yashovchi Natalya Kosyanenko davolanish boʼyicha murojaat qilgan edi. Fuqaroga joriy yil davomida "Saxovat va koʼmak" jamharmasidan 1.5 mln. soʼm dori-darmonlar sotib olish uchun mablagʼ ajratilgan edi. Oʼrganish davomida fuqaroning hoxishiga koʼra, 1 iyunь sanasidan Fargʼona shahar tibbiyot birlashmasining terapeya boʼlimiga davolanish uchun yotqizilishi belgilandi. Shuningdek, zaruriy ehtiyojlari uchun 1 mln. soʼm moddiy yordam berildi.
"Bobur" MFY А.Qodiriy koʼchasi 40/72-uyda yashovchi Dilfuza Mamajonovaning farzandini davolanishida amaliy yordam soʼrab qilgan murojaati oʼrganilib, shahar tibbiyot birlashmasida tibbiy koʼriklardan oʼtkazilmoqda. Tabiiy koʼrik natijalariga koʼra, shahar tibbiyot birlashmasida 29 may sanasidan davolash ishlarini olib borish belgilandi. Fuqaroga zaruriy ehtiyojlari uchun 1 mln. soʼm moddiy yordam berildi.
"Navbahor" MFY 5/15-xonadonda yashovchi Zulhumor Zoidovaning ham qabul davomida yashab turgan xonadonini biriktirish masalasidagi murojaati ham oʼrganildi. Bu murojaat Uy-joy komissiyasi tomonidan qonunchilikdagi belgilangan tartibda ijobiy hal etish choralari koʼrildi.
"Toʼqimachilar" MFY X.Xoʼjaev koʼchasi 53/26-uyda roʼyxatda turuvchi Olьga Kokinaning yuqori qavatdagi qoʼshnisining ehtiyotsizligi oqibatida uyiga suv toshganligi boʼyicha qilgan murojaati oʼrganildi. Murojaatda fuqaro qoʼshnisi tomonidan oʼrnatilgan titan uskunasini ishlatmasligi soʼralgan. Oʼrganish jarayonida titan tarmoqlardan uzilgani, mazkur xonadonga zamonaviy suv istish moslamasi qoʼyilgani aniqlandi.
"Shodlik" MFY Qoʼrgʼontagi koʼchasi137-uyda yashovchi fuqaro Matlubaxon Hakimova hamda "Muruvvat" MFY Fargʼona koʼchasi 53/26-uyda yashovchi fuqaro Аzizxon Yuldashevlarning yer ajratish masalasida qilgan murojaatlari ham Ishchi guruhi tomonidan oʼrganilib, qonunchilikda belgilangan tartib tushuntirildi.
Shuningdek, oʼrganish davomida fuqaro Matlubaxon Hakimovaning uy-joy qurilishi ishlarida amaliy yordam berish boʼyicha qilgan murojaati ham ijobiy hal etilib, 100 dona shifer va 1500 kg sement berildi. Sogʼligʼini tiklash boʼyicha qilgan murojaati yuzasidan tibbiy koʼrik oʼtkazilib, kelgusi haftada shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanishi belgilandi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati