Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
РАСМИЙ МУНОСАБАТ
2023-05-18 18:00:53 733
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona shahar “Xoʻjamagʻiz” mahallasidagi koʻchalarni asfalt qilish boʻyicha murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat shahar hokimligi Ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi.
Ayni kunlarda mazkur mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʻlamli ishlar olib borildi.
“Xoʻjamagʻiz” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 14 kilometrdan ortiq ichki yoʻllar asfalt qilindi. Koʻchalarni asfalt qilish ishlari uchun qaror asosida 6 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ ajratilgan.
Shuningdek, hududdagi qolgan 5 kilometr masofadagi ichki koʻchalarni asfalt qilish ishlari “Obod mahalla” dasturi orqali amalga oshirish belgilangan.
Fargʻona shahar hokimligi Axborot xizmati