Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʻonada Koreys ishlab chiqaruvchilari Sanoat Texnoparki tashkil etiladi
2023-04-27 11:53:12 416
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻonada oʻz investitsion loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan 15 nafardan iborat koreyalik ishbilarmonlarning katta guruhini qabul qildi.
Viloyat hokimi boshchiligidagi Fargʻona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil 27-30-mart kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi davomida Seulda koreys tadbirkorlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Fargʻona shahridagi Ekoshahar majmuasining tegishli kichik sanoat zonasi hududida “Koreys ishlab chiqaruvchilari Sanoat Texnoparki” tashkil etish hamda qator kompaniyalarning ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha hamkorlik bitimlari imzolangandi.
Bugungi uchrashuvda ushbu kompaniyalar rahbarlari hamda boshqa qator sarmoyadorlar ishtirok etdilar.