Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Nafosat” mahallasining ham ichki yoʻllari asfalt qilinmoqda
2023-04-12 12:15:32 850
Ayni kunlarda Fargʻona shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Qaror asosida Fargʻona shahridagi 61 ta loyihalar uchun respublika byudjetidan qariyb 100 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Xususan, “Nafosat” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi ichki yoʻllarning 4 kilometr qismi asfalt qilinishi belgilangan. Hozirda ichki yoʻllarni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun respublika byudjetidan 1 mlrd. soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilgan.