Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi qabul 2-sektor hududida oʻtkazildi
2023-04-12 12:13:51 746
Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha sud raislari, majburiy ijro byurosi vakillari hamda hokim oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
Qirguli mavzeidagi “Doʻstlik uyi”ning faollar zalida 150 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi.Oʻttiz nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʻlimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul soʻngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning oʻrganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi boʻyicha tanqidiy tahlil qilindi.