Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Аholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratiladi
2023-04-10 11:29:25 738
Jumladan, ipoteka krediti va subsidiya bilan koʼproq aholi qamrab olinadi:
- 1 maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli boʼlmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi. Bunda ularning toʼlov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga toʼlangan pullari ham hisobga olinadi;
- dastlabki badalni koʼproq toʼlagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega boʼladi;
- subsidiyaga ajratilgan mablagʼlarni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi. Yaʼni, bu muddat qisqartirilishi orqali subsidiyadan koʼproq aholi foydalanishi uchun imkoniyat yaratilayapti.
Shu bilan birga, 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolarga subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilish huquqi beriladi.