Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVIDA: Yuz nafardan ortiq yoshlarga amaliy yordam berildi
2023-04-08 18:04:24 701
Bugun shahrimizdagi "Nuroniylar maskani"da "Hokim va yoshlar" uchrashuvi oʼtkazildi. Unda yoshlar yetakchilari, turli tanlovlar va musobaqalarda gʼoliblikni qoʼlga kiritgan iqtidorli yoshlar hamda 30 yoshgacha ijtimoiy himoyaga muhtoj boʼlgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Tadbirni shahar hokimi Vosiljon Nazarov ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrliklar haqida taʼkidlab oʼtdi. Shundan soʼng, yoshlar bilan samimiy muloqot oʼtkazildi.
Yoshlar yetakchilarining oʼrganishlari davomida joriy yil boshidan 385 nafar yoshlar daftarga kiritilgan boʼlib, 278 nafarlariga belgilangan tartibda amaliy yordamlar koʼrsatilgan edi.
Qolgan 107 nafar yoshlarga ham mavjud muammolari boʼyicha "Yoshlar daftari" jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan amaliy yordamlar koʼrsatildi. Joriy yil davomida yoshlar uchun 2 mlrd. 300 mln. soʼm mablagʼ sarf etildi.
Bugun 13 nafar yoshlarga mehnat qurollari topshirildi, 60 nafarlarining kontrakt toʼlovlari toʼlab berildi. 23 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervi badali va ilm-fan yoʼnalishidagi toʼgarak pullari toʼlandi. Shuningdek, yana oʼndan ortiq yoshlarga turli yoʼnalishlar boʼyicha amaliy yordamlar berildi.
"Hokim va yoshlar" uchrashuviga yigʼilgan yoshlar berilayotgan eʼtibordan mamnun boʼlishdi. Koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlik uchun Davlatimiz rahbari va masʼullarga oʼz minnatdorchiliklarini bildirdilar.