Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Umra safari: Mehr-oqibat va saxovat oyida qalblarga shodlik ulashilmoqda
2023-04-06 11:16:17 721
Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi chogʼida ehtiyojmand, boquvchisini yoʼqotgan, nogironligi boʼlgan shaxslarni davlat tomonidan Umra ziyoratiga joʼnatish tashabbusi ilgari surilgan edi. Fargʼona shahridan ham bir guruh yurtdoshlarimiz Umra ziyoratiga yuborildi.
Hamshaharlarimiz kuni kecha Umra ziyoratini oʼtab qaytdilar. Fargʼona shahar hokimi oʼrinbosari Dilshodaxon Xolmatova va hokimlik vakillari ziyoratchilarni yoʼqladilar.
-Ezgu niyatlarimiz, orzularimizning amalga oshishida Davlatimiz rahbari bizlarni qoʼllab-quvvatlamoqdalar, - deydi "Oybek" mahallasida yashovchi Muhabbatxon Аzizova.- Koʼnglida Xaj safariga borish niyati boʼlgan, ammo mablagʼi yoʼq boʼlgan fuqarolar, ayniqsa Oʼzbekiston ayollari bu eʼtibordan va koʼrsatilgan gʼamxoʼrlikdan behad mamnun boʼldik.
Mazkur tashabbus davomida Fargʼona shahridan jami 8 nafar fuqarolar Umra safariga borgan boʼlsalar, ularning 6 nafari "Аyollar daftari"da turgan xotin-qizlardir.