Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FАRGʼONА VILOYAT PERINАTАL MАRKАZIDА LOYIHА QIYMАTI 19 MILLIАRD SOʼMDАN ZIYOD BOʼLGАN YANGI NEONАTАL BLOK QURIB FOYDАLАNISHGА TOPSHIRILDI

×

 2023-04-06 11:14:25    711

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga, sogʼlom avlodni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratib kelinayotganini qayd etgan viloyat hokimi, bu borada oʼtgan 2022 yilning oʼzida viloyatimizda jami 64 ta tibbiyot muassasalarida qariyb 150 milliard soʼmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilganini taʼkidladi. Loyiha qiymati 19 milliard soʼmdan ziyod boʼlgan ushbu bino ham, soʼnggi yillardagi sogʼliqni saqlash sohasidagi islohotlarning samarasi ekani qayd etildi.


Joriy yilning 30 aprelь kuni mamlakatimizda boʼlib oʼtadigan muhim siyosiy tadbir – “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi boʼyicha umumxalq referendumiga ham toʼxtalib oʼtgan viloyat rahbari, yangi Konstitutsiya fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga boʼlgan huquqlarini mustahkamlashiga, Qomusimizdan sogʼliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini rivojlantirish masalasi ham alohida oʼrin olganiga eʼtibor qaratdi.


Ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.


Yangi binodan viloyat aholi reproduktiv salomatlik markazi, konsulьtativ poliklinika, 18 oʼrinli chaqaloqlar reanimatsiyasi, 20 oʼrinli kam vaznli va chala tugʼilgan chaqaloqlar uchun parvarish boʼlimi, shahar va tumanlardan kelayotgan chaqaloqlar uchun 20 oʼrinli chaqaloqlar xastaligi boʼlimi hamda laboratoriya boʼlimi joy oldi.


Mazkur zamonaviy muassasada chaqaloqlarga tor doiradagi mutaxassislar tomonidan maxsuslashgan tibbiy yordam koʼrsatish va bolalarni katamnestik kuzatuvini olib borish imkoni yaratildi. Bu oʼz oʼrnida nogironlikni ham kamaytirishga yordam beradi.


Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.