Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shahar hokimi Аdhamjon Nazirovlar xonadonida iftorlik qildi
2023-04-05 11:02:48 763
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan shahrimizdagi barcha mahallalarda ehtiyojmand oilalar vakillari hamda ijtimoiy daftarlarda turgan fuqarolar uchun iftorlik tadbirlari oʼtkazilmoqda. Shuningdek, nogironligi boʼlgan, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda yakka-yolgʼizlar holidan ham xabar olinmoqda.
Bugun Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov 1-sektor hududidagi "Beglar" mahalla fuqarolar yigʼini Beglar koʼchasi 137-uyda yashovchi Аdhamjon Nazirovlar xonadonida boʼlib, mazkur oilaning ijtimoiy va iqdisodiy holatini oʼrgandi. Shahar hokimi tashabbusi bilan mahalla faollari ishtirokida shu xonadonda iftorlik dasturxoni yozildi.
Mazkur xonadonga Ramazon oyini koʼtarinki kayfiyatda hamda roʼzgʼor kamchiliklarisiz oʼtkazishlari uchun oʼndan ortiq turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Xonadon vakillari kutilmagan tashrifdan mamnun ekanliklarini taʼkidlashib, berilayotgan eʼtibor uchun oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.