Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi qabul "Shodiyona" mahallasida oʼtkazildi
2023-04-05 11:01:50 844
Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudi raisi Ulugʼbek Oripov, Majburiy ijro byurosi shahar boʼlimi boshligʼi Dilshodjon Ismoilov, Xalq qabulxonasi mudiri Tavakkaljon Rahimov va hokim oʼrinbosarlari ishtirok etishdi.
"Shodiyona" mahallasidagi "Monomarkaz"ning faollar zalida 150 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari masʼul rahbarlar ishtirokida oʼrganildi. Fuqarolarning oʼttizga yaqin murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni oʼrganish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul soʼngida yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarning oʼrganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi boʼyicha tanqidiy tahlil qilindi.