Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bajarilayotgan ishlar mahalla faollari ishtirokida oʼrganilmoqda
2023-03-31 10:36:14 748
Аyni kunlarda Fargʼona shahridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur qarorga asosan shahrimizdagi 59 ta loyihalar uchun 86 mlrd. soʼmga yaqin mablagʼ ajratilgan.
Xususan, "Beglar" mahalla fuqarolar yigʼini hududida ham oqova va ichimlik suvi tarmogʼi torish uchun qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Qarorga asosan respublika byudjetidan 4 mlrd. soʼmdan ortiq mablagʼ ajratilgan loyihaning bajarilishi natijasida hududdagi xonadonlar toza ichimlik suvi taʼminlanadi.
Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va mahalla faollari qurilish-montaj jarayonlarini oʼrganishdi. Ishni sifatli bajarish boʼyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati