Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Subsidiya asosida tikuv mashinasi olgan Irodaxon Umarova tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼydi
2023-03-25 14:50:26 782
"Oʼzbekiston" mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro Irodaxon Umarova "Аyollar daftari"ga olinib, bandligi taʼminlanishi belgilangan. Xotin-qizlar faolining oʼrganishlariga asosan hokim yordamchi Shohruxmirzo Yoʼldashevning tavsiyasiga koʼra, subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratildi.
Irodaxon Umarova qizi Mohinur, shuningdek mahalladagi 3 nafar shogirdlariga ham tikuvchilik sir-asrorlarini oʼrgatib kelmoqda. Ish hajmining ortishi, buyurtmalarning koʼpayishi sababli, I.Umarova imtiyozli kredit asosida 2 ta zamonaviy tikuv mashinasi ham oldi.
Hozirda tikuvchilar tomonidan yostiqlar, erkaklar va ayollar kiyimlari, koʼrpa va toʼshak qoplamalari tayyorlanib mahalliy bozorlarga yetkazilmoqda.